1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Farg'onada mansabdorlar tabiatga 4,6 mlrd so‘m zarar yetkazdi

Ular o‘sib turgan 1 213 tup daraxtni kesib tashlashgan

Farg'onada mansabdorlar tabiatga 4,6 mlrd so‘m zarar yetkazdi

 

Bosh prokuratura tomonidan Ekolgiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bilan hamkorlikda Farg‘ona viloyati hududida olib borilgan o‘rganishda, Norin-Farg‘ona irrigatsiya tizimidagi Katta Andijon kanali qirg‘og‘ida o‘sib turgan 1 213 tup daraxt joriy yilning yanvar-fevral oylarida “Bag‘dodmaxsussuvpudrat” MCHJ mansabdor shaxslari va boshqalar tomonidan qasddan kesib tashlanib, o‘simlik dunyosiga 4,6 mlrd so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi.

 

Bosh prokuraturaning xabar berishicha, holat yuzasidan Farg‘ona viloyati prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi (Ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Hozirda ichki ishlar organi tomonidan dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика