Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahridagi Yuksalish ko‘chasida Istiqlol kafesi va viloyat kasalxonasi o‘rtasidagi bog‘da 11 dona manzarali daraxt kesib tashlandi. Holat yuzastdan viloyat Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur daraxtlar Marg‘ilon shahar Lola ko‘chasi 21-uyda yashovchi fuqaro (“IKAT Vodiy” MCHJ rahbari) A.Abdullayev tomonidan noqonuniy kesib ketilgan. Hududda 7 qavatli Ankologiya-diognostika markazining qurilishi rejalashtirilgani sababli daraxtlar o‘zboshimchalik bilan kesilgan, ularning kesilishiga viloyat Ekologiya boshqarmasi tomonidan ruxsat berilmagan.
Shunga qaramasdan, o‘zboshimchalik bilan fuqarolar qurilish ishlariga xalaqit qilayotgan ko‘p yillik manzarali daraxtlarni ishchilarni yollash orqali tunda kesib, yuk mashinalariga yuklab olib ketgan.
Hozirda daraxtlarni yuklab olib ketgan 5 ta yuk mashinalari aniqlanib, Farg‘ona shahar avtomashinalarini saqlash jarima maydonchasiga vaqtincha joylashtirilgan. Holat yuzasidan hujjatlar to‘planib, huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etilgan.


