Farg‘ona IIBning maʼlum qilishicha, Quvasoy shahar Qaramko‘l qishlog‘ida mushukni vaxshiylarcha tiriklayin yoqib yuborilgan holati IIB xodimlari tomonidan o‘rganib chiqilgan.
Unga ko‘ra, mazkur huquqbuzarlikni shu qishloqda yashovchi M.A va boshqalar sodir etganligi aniqlanib, ularga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasi (Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish) bilan maʼmuriy tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, jarima jazosi qo‘llanildi.
Shuningdek, viloyat IIB fuqarolardan yovvoyi hayvonlarga va tabiatga nisbatan ijobiy munosabatda bo‘lishni so‘ragan.


