Joriy yilning 7-avgust kuni Farg‘ona viloyati Buvayda tumani, Jiydali MFY da yashagan, 2007 yilda tug‘ilgan X.M. (qiz) yashash uyidagi qo‘shimcha xo‘jalik xonasida o‘zini osib, hodisa joyida vafot etgan. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Marhumaning yaqin qarindoshlari so‘nggi vaqtlarda uni ruhiyati buzilib qolganligini, uni o‘z joniga qasd qilishiga hech kimni aybi yo‘qligini izohlab tushuntirish berishgan.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


