Farg‘ona viloyati Olimpiya zaxiralari kolleji bosh hisobchisi 4,3 milliard so‘m mablag‘larni onlayn qimorga tikib yubordi.
U egallab turgan lavozimdan g‘araz maqsadlarda foydalanib, 2019-2021 yillar davomida o‘ziga asossiz ravishda jami 4 milliaard so‘m ish haqi va ustama yozib olgan.
Shuningdek, kollej o‘qituvilari nomiga bank plastik kartalari ochib, ularga 310 million so‘m byudjet mablag‘larini o‘qituvchilarga bildirmasdan o‘tkazib olgan.
Holat yuzasidan bosh hisobchi va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167 (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209 (Mansab soxtakorligi) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Gumonlanuvchiga nisbatan "qamoqqa olish" ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Tergov davom etmoqda.


