Maʼlum bo‘lishicha, Marg‘ilon shahrida isteʼmol qilingan ichimlik suvi haqini o‘z vaqtida to‘lamagan fuqaro janjal chiqargan.
Oqibatda xodimning pastki jag‘ qismi sinib, unga og‘ir tan-jarohati yetkazilgan. Suv taʼminoti xodimining sog‘lig‘i va unga yetkazilgan tan-jarohati to‘g‘risida tibbiy xulosalar mavjud.
“Ushbu holat Farg‘ona viloyati IIB Marg‘ilon shahar bo‘limi tomonidan nazoratga olinganligi maʼlum qilinadi”, deyiladi xabarda.


