Buvayda tumanida yosh kelin-kuyov to‘yidan uch kun o‘tib, qo‘lbola pechkada hosil bo‘lgan is gazidan zaharlab, halok bo‘lgan.
Kuyov A.A 1999 yilda tug‘ilgan, kelin esa 2005 yilda tug‘ilgan bo‘lgan.
24 noyabr kuni ertalab o‘g‘li chiqavermaganidan shubhalangan ota uyga kirib, mudhish fojianing ustidan chiqqan. Tuman FVB boshlig‘ining qo‘shimcha qilishicha, qishloq gazlashtirilmagan hudud hisoblanadi.


