1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Farg'onada yo'lovchi taksi haydovchisi bilan janjallashdi

Farg'onada taksi chaqirgan fuqaro haydovchining telefoni o'chib qolishi sababli qo'ng'iroqlariga javob bermagani uchun mashina oynalarini sindirdi.

Farg'onada yo'lovchi taksi haydovchisi bilan janjallashdi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ikki nafar shaxsning o‘zaro janjallashayotgani aks etgan video Farg‘ona viloyati IIB tomonidan o‘rganib chiqildi. Aniqlanishicha, 1-avgust kuni Farg‘ona shahrida yashovchi fuqaro Sh.S. taksi buyurtma qilgan. Buyurtmani 2002-yilda tug'ilgan firma haydovchisi I.R. qabul qilib, birozdan so‘ng o‘z boshqaruvidagi Cobalt avtomashinasida S.Sh. turgan ko‘chaga yetib kelgan.

 

Biroq, fuqaro Sh.S. haydovchining telefoni o‘chib qolganligi sababli qo‘ng‘irog‘iga javob bermaganidan jahli chiqib, u bilan o‘zaro janjallashib, haydovchining avtomashinasi oynalarini tosh bilan urib sindirgan.

 

Hozirda holatning barcha ishtirokchilari shaxsiga oydinlik kiritilib, Farg‘ona shahar IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Shuningdek, mulkka yetkazilgan moddiy zarar miqdorini aniqlash bo‘yicha, tegishli tartibda ekspertiza tayinlangani ma'lum qilingan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика