Avvalroq Farg‘ona shahrida joylashgan karaoke kafesida yuz bergan yong‘in oqibatida 6 nafar fuqaro halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
FVV xabariga ko‘ra, Bosh vazir o‘rinbosari Achilbay Ramatov boshchiligida Hukumat komissiyasi Farg‘ona shahriga yetib borib, o‘rganish ishlarini olib borgan.
O‘rganish ishlari davomida dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, 6 nafar fuqaro yong‘indan chiqqan tutundan zaharlanish oqibatida halok bo‘lgan. Sud-tibbiy ekspertizaning dastlabki xulosasi ham buni tasdiqlagan.
Qayd etilishicha, hukumat komissiyasi o‘z ishini davom ettirmoqda. Hodisa yuzasidan qo‘shimcha maʼlumot berilishi ma'lum qilingan.


