1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Farg‘onalik o‘quvchi sun’iy intellekt bo‘yicha dunyodagi ilk universitetga to‘liq grant asosida qabul qilindi

Prezident maktabi bitiruvchisi Otabek Komilov MBZUAI universitetida yiliga 45 ming dollarlik grant asosida tahsil oladi.

Farg‘onalik o‘quvchi sun’iy intellekt bo‘yicha dunyodagi ilk universitetga to‘liq grant asosida qabul qilindi

 


Farg‘ona shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Otabek Komilov sun’iy intellektga ixtisoslashgan dunyodagi birinchi universitet — Mohammed Bin Zayed University of Artificial Intelligence (MBZUAI) ga to‘liq grant asosida qabul qilindi. Bu haqda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi ma’lum qildi.


Talabaga ajratilgan grant miqdori yiliga 45 ming AQSH dollarini tashkil etib, 4 yillik ta’lim davomida jami 180 ming dollarga teng. MBZUAI universiteti QS xalqaro reytingiga ko‘ra sun’iy intellekt yo‘nalishida dunyoning Top-10 oliy ta’lim muassasalari qatoriga kiradi va AI bo‘yicha yetakchi ilmiy markazlardan biri hisoblanadi.


Otabek Komilovning yutuqlari orasida IELTS imtihonidan 7 ball, Amerika matematika olimpiadasi (AMC) milliy bosqichida oltin medal, Janubi-Sharqiy Osiyo matematika olimpiadasi (SEAMO) milliy bosqichida oltin medal hamda V2E nomli sun’iy intellekt loyihasiga asos solgani bor. Ushbu muvaffaqiyat Prezident maktablari o‘quvchilarining xalqaro miqyosda yuqori bilim va raqobatbardosh salohiyatga ega ekanini yana bir bor namoyon etdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика