1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Favqulodda vaziyatlar xodimi 700 million pora bilan qo‘lga tushdi

DXX tomonidan bir guruh mansabdorlar jinoyati fosh etildi.

Favqulodda vaziyatlar xodimi 700 million pora bilan qo‘lga tushdi

 

▪️Nurota tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimi dehqonchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jalik rahbari bilan o‘zaro til biriktirib, ushbu xo‘jalikning 80 gektar yer maydonini xaridorga 1 milliard so‘mga sotishga kelishib, oldindan 700 million so‘m olgan vaqtlarida ushlandi

 

▪️Andijon shahridagi qurilish firmasi rahbari shahar hokimligi zaxirasida bo‘lgan 14 sotix yer maydonini go‘yoki o‘ziga tegishli ekanini aytib, rasmiylashtirib berish evaziga 40 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

 

▪️Samarqand tumanida yashovchi fuqaro tuman hokimining tegishli qarori bilan unga dehqon xo‘jaligi tashkil etishi uchun berilgan 35 sotix yer maydonini xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 45 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 25 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика