1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Fermerni haqoratlagan Boyovut tuman hokimi lavozimidan ketdi

Uning o‘rniga Niyoz Xazratqulov tuman hokimi bo‘ldi.

Fermerni haqoratlagan Boyovut tuman hokimi lavozimidan ketdi

Uralova Dilfuza Djumanovna boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Boyovut tumani hokimi vazifasidan ozod etildi. Bu haqida Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, bugun, 29 dekabr kuni Boyovut tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tgan va unda tashkiliy masala ko‘rilgan.  

 

Deputatlar tomonidan Xazratqulov Niyoz Namazboyevich Boyovut tumani hokimi lavozimiga tasdiqlangan. Niyoz Xazratqulov 1983 yilda Sirdaryo tumanida tavallud topgan. Ushbu tayinlovga qadar Shirin shahar hokimi lavozimida faoliyat olib borgan.

 

Eslatib o‘tamiz, 2024 yilda ijtimoiy tarmoqlarda Dilfuza O‘rolovaning fermerlardan birini keskin haqoratlab, qo‘l-oyog‘ini bog‘latib, ichki ishlar xodimlariga topshirib yuborgani eshitilgan audioxabar tarqalgandi. 

 

Viloyat hokimligi Odob-axloq komissiyasi tomonidan ushbu xatti-harakatlar davlat xizmatchisi etikasi va odob-axloq qoidalarini buzish, deb baholangan va o‘z navbatida, tuman hokimi holat bo‘yicha tushuntirish berib, yuzaga kelgan vaziyatdan pushaymonligini aytgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика