1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

FIFA reytingida O‘zbekiston 2 pog‘ona yuqoriladi

Xalqaro futbol assotsiatsiyasi iyun oyi uchun jahon reytingini yangiladi.

FIFA reytingida O‘zbekiston 2 pog‘ona yuqoriladi

 

Unga ko‘ra, amaldagi Jahon chempionlari Argentina terma jamoasi (1860) reytingni boshqarib bormoqda. Ikkinchi o‘rinni Fransiya termasi (1837) egallab turgan bo‘lsa, kuchli uchlikni Belgiya milliy jamoasi yakunlab bergan.

 

Italiya terma jamoasi (1724) o‘tgan oydagi reytingdan bir pog‘ona pastlagan va hozirda jahonning 10-jamoasi bo‘lib turibdi. O‘zbekiston terma jamoasi 2 pog‘ona yuqoriladi. 1397 reyting ochkosi to‘plagan jamoa hozirda 62- pog‘onani zabt etgan. O‘tgan oydagi g‘alabali o‘yinlar jamoani Osiyoning 8-jamoasiga aylantirdi.

 

Osiyoda O‘zbekiston jamoasidan keyingi o‘rinlarda Iordaniya va BAA kuchli 10 likni yakunlab bergan. O‘zbekiston terma jamoasi so‘nggi 4 uchrashuvini Jahon chempionati saralashi doirasida o‘tkazdi. Bu uchrashuvlarda o‘zbekistonliklar 3 ta g‘alaba va bir durangga erishdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика