1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

FIFA yilning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyini eʼlon qildi

Qatar poytaxti Doha shahrida FIFA The Best 2024 g‘oliblari taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

FIFA yilning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyini eʼlon qildi

Ushbu sovrinni "Real Madrid" va Braziliya terma jamoasi vingeri Vinisius Junior oldi. G‘olib nomini FIFA prezidenti Janni Infantino eʼlon qildi.

 

Eslatib o‘tamiz, Vinisius avvalroq oktyabr oyida Parijda taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tgan "Oltin to‘p"ning asosiy favoriti deb topilgandi. Prognozlardan farqli o‘laroq, ushbu sovrinni ispaniyalik" Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri olgandi.

 

Vinisius ispan klubi tarkibida o‘tgan mavsumda Ispaniya chempioni, mamlakat Superkubogi g‘olibi va Chempionlar ligasi g‘olibiga aylangandi. Vinisius Dortmundning "Borussiya" klubiga qarshi kechgan finalda gol urdi. UEFA Superkubogini ham qo‘lga kiritdi.

 

2024 yilning eng yaxshi murabbiyi mukofotini "Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti qo‘lga kiritdi.

 

Argentinalik darvozabon Emiliano Martines ikkinchi marta sayyoraning eng yaxshi darvozaboni deb topildi. U bu mukofotni 2022 yilda ham qo‘lga kiritgan.

 

Argentinalik hujumchi Alexandro Garnacho esa 2024 yilning eng yaxshi goli uchun Pushkash Ferens mukofotini oldi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика