Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) ukrainalik futbolchilarga istalgan vaqtda u yoki bu klubga o‘tishga ruxsat beruvchi reglamentga o‘zgartirish kiritdi.
Ukrainalik futbolchi o'ynamoqchi bo'lgan klub uni transfer oynasidan tashqarida ro'yxatdan o'tkazishi mumkin.
Qaror Rossiyaning Ukrainadagi harbiy operatsiyasi bilan bog‘liq. Bu, xususan, Ukraina futbol chempionatining to'xtatilishiga olib keldi.
Avvalroq FIFA Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) bilan birgalikda Rossiya futboliga nisbatan sanksiyalar joriy qilgan edi. Shu tariqa, Rossiya terma jamoasi va Rossiya Federatsiyasi klublari ushbu tashkilotlar shafeligidagi musobaqalarda ishtirok eta olmaydi. Bundan tashqari, FIFA Rossiya chempionatida to'p surayotgan legionerlarga 30-iyunga qadar mahalliy klublar bilan shartnomani bir tomonlama to'xtatib turish va tegishli muddatga xorijliklar bilan shartnoma imzolash imkonini berdi.
Nasiba To'xtayeva


