1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Filippinda suv toshqini qurbonlari va bedarak yo‘qolganlar soni yana ortdi

Avvalroq 39 kishi halok bo‘lgan va 25 kishi bedarak yo‘qolgandi.

Filippinda suv toshqini qurbonlari va bedarak yo‘qolganlar soni yana ortdi

 

Filippinda kuchli yomg‘ir oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinlari tufayli 44 kishi halok bo‘ldi, 28 kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

 

Xavflarning oldini olish va tabiiy ofatlarni bartaraf etish bo‘yicha milliy kengashning juma kuni eʼlon qilingan hisobotida taʼkidlanganidek, suv toshqinidan respublikaning 10 ta hududida 509,3 mingdan ortiq kishi jabrlangan.

 

Agentlik maʼlumotlariga ko‘ra, 151 evakuatsiya markaziga 15,8 ming kishi ko‘chirilgan. Kamida 1,42 ming kishi uyini oldindan tark etgan, 12 kishi turli tan jarohatlari olgan. Respublikaning to‘qqiz viloyatida tabiiy ofat bilan bog‘liq 434 ta hodisa, jumladan, suv toshqinlari va ko‘chkilar qayd etilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Filippinda kuchli yomg‘ir oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinlari tufayli kamida 39 kishi halok bo‘ldi, 25 kishi bedarak yo‘qolgani haqida xabar berilgan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика