Filippinda kuchli yomg‘ir oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinlari tufayli kamida 39 kishi halok bo‘ldi, 25 kishi bedarak yo‘qoldi. Xavflarning oldini olish va tabiiy ofatlarni bartaraf etish bo‘yicha Milliy kengashning payshanba kuni eʼlon qilingan yangilangan kechki hisobotida qayd etilganidek, suv toshqinidan respublikaning 10 ta hududida 503,8 mingdan ortiq kishi jabr ko‘rdi, deb xabar berdi TASS.
Agentlik maʼlumotlariga ko‘ra, 179 ta evakuatsiya markaziga 107,9 ming kishi ko‘chirilgan. Kamida 1,42 ming kishi uyini oldindan tark etgan, 12 kishi turli tan jarohatlari olgan. Respublikaning to‘qqizta viloyatida tabiiy ofat bilan bog‘liq 433 ta hodisa, jumladan, suv toshqinlari va ko‘chkilar qayd etilgan.
Shu bilan birga, tabiiy ofat 3,7 ming uyga zarar yetkazdi va yana 875 ta uyni vayron qildi 50,6 million peso miqdorida (907 ming dollar). 95 ta infratuzilma obyektiga yetkazilgan zarar 110,4 million peso (1,97 million dollar), qishloq xo‘jaligiga yetkazilgan zarar esa 230,3 million peso (4,12 million dollar)ga baholanmoqda. Suv toshqinlari 127 ta yo‘l va 14 ta ko‘prikni vayron qilgan, 19 ta dengiz portiga zarar yetkazgan. 63 ta shaharda elektr taʼminotidagi uzilishlar qayd etilgan, biroq 60 ta shaharda tiklangan, ikkita munitsipalitetda esa suv taʼminoti bilan bog‘liq muammolar saqlanib qolmoqda.
67 shahar va 71 munitsipalitetda taʼlim muassasalarida darslar va korxonalarda ishlash to‘xtatildi. 21 aholi punktida favqulodda holat joriy etilgan. Hukumat yordam uchun 49,6 million peso (889,3 ming dollar) ajratgan.


