Finlandiya bosh vaziri Sanna Marin prezident Sauli Niinistaga iste’foga chiqish to‘g‘risida ariza yubordi.
Marosim bugun ertalab Finlandiya prezidentining Xelsinkidagi rasmiy qarorgohida bo‘lib o‘tdi.
“Hurmatli respublika Prezidenti, meni va hukumat kengashining boshqa aʼzolarini ishdan boʻshatishingizni hurmat bilan soʻrayman”, — dedi Marin.
Prezident Niiniste uning iste'fosini qabul qildi. Marin hukumati parlamentdagi partiyalar yangi vazirlar mahkamasini tuzmaguncha muvaqqat hukumat sifatida ishlaydi.
Eslatib o'tamiz, Sanna Marin hukumatining iste'foga chiqishi mamlakatda 2-aprel kuni parlament saylovlari o'tkazilishi bilan bog'liq bo'lib, unda uning Sotsial-demokratik partiyasi (SDP) uchinchi o'rinni egallagan.
Saylovda g‘alaba qozongan Milliy koalitsiya partiyasi rahbari Petteri Orpo hukumat tuzish bo‘yicha maslahatlashuvlarni kelasi hafta boshlashi kutilmoqda.


