1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Finlandiya rossiyaliklarga viza berishni sekinlashtirdi

Aks holda Finlandiya orqali Yevropaga tranzit oshadi.

Finlandiya rossiyaliklarga viza berishni sekinlashtirdi

 

Finlandiya rossiyaliklarga viza berishni sekinlashtirdi, dedi bosh vazir Sanna Marin. U, shuningdek, Finlandiya chegaraning har ikki tomonida yashovchi odamlar o‘rtasidagi oilaviy munosabatlarni to‘xtatish niyatida emasligini va gumanitar vizaning yangi toifasini yaratish masalasi ko‘rib chiqilayotganini aytdi.

 

Bu esa odamlarga mamlakatdagi qarindoshlarini ziyorat qilishga imkon beradi.

 

Vazirning ta'kidlashicha, Rossiya fuqarolariga viza berish masalasi Yevropa darajasida hal qilinishi kerak.

 

“Aks holda Finlandiya orqali Yevropaga tranzit davom etadi yoki hatto oshadi”,- dedi hukumat rahbari.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика