Finlandiya Rossiya bilan chegarasini kamida 11 fevralgacha ochmoqchi emas. Mamlakat ichki ishlar vaziri Mari Rantanenning aytishicha, bu chora milliy xavfsizlik sababli uzaytirilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskvaning harakatlari Finlandiya rahbariyatiga boshqa imkoniyat qoldirmadi.
"Rossiya gibrid taʼsiri xavfi hali ham mavjud", — deydi vazir.
Cheklovlar birinchi marta noyabr oyida Xelsinki Moskvani noqonuniy muhojirlarni Finlyandiya tomoniga ataylab yo‘naltirishda ayblaganidan keyin joriy qilingan edi.


