1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Finlyandiya 30-sentabrdan rossiyalik sayyohlar uchun yopiladi

Ruslar Finlyandiya vizasi bilan Yevroittifoqqa ham kira olmaydi.

Finlyandiya 30-sentabrdan rossiyalik sayyohlar uchun yopiladi

 

Finlyandiya 30-sentyabr, juma kunidan boshlab Rossiyadan kelgan sayyohlar uchun chegaralarini yopadi. Aksariyat turistik vizalar bekor qilinadi. Bu haqda Finlyandiya tashqi ishlar vazirligi rahbari Pekka Haavisto ma’lum qildi.

 

“Bunday holatda sayohatchi boshqa davlat chegarasi orqali Finlyandiya tomonidan berilgan viza bilan Yevropa Ittifoqiga kira olmaydi”, — dedi TIV rahbari.

 

Biroq vizalarni o‘qish, davolanish va yaqin qarindoshlarnikiga borish uchun olish mumkin. Viza rejimi diplomatik xodimlar, shuningdek, ularning yaqinlari va “muxolifat vakillari” uchun ham davom etadi.

 

Finlyandiya tashqi ishlar vazirligi har bir rossiyalikning kirishi haqidagi qarorlar alohida ko‘rib chiqilishini qo‘shimcha qilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика