Shvetsiyaning harbiy alyansga kirishiga Turkiya tomonidan to‘siq qo‘yilsa, Finlyandiya uni kutmasdan NATOga qo‘shiladi. Bu haqda Finlyandiya Mudofaa vaziri Mikko Savola maʼlum qildi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Xelsinki Stokgolm bilan bir vaqtda ittifoqqa qo‘shilishni afzal ko‘radi.
“Shvetsiya bizning eng yaqin hamkorimiz. Deyarli har hafta mudofaa kuchlarimiz birgalikda mashg‘ulotlar o‘tkazadi. Bu juda chuqur hamkorlik va biz bir-birimizga to‘liq ishonamiz. Lekin hozir hammasi Turkiyaning qo‘lida”, — dedi vazir.
Bir kun avval Finlyandiya Prezidenti Myunxen Xavfsizlik konferensiyasida mamlakat NATOga aʼzo bo‘lish haqidagi arizasini qaytarib olishni istamasligini aytgandi.
Vengriya va Turkiya Shvetsiya bilan Finlyandiyaning NATOga qo‘shilishini ratifikatsiya qilmagan. Budapesht bu masalani tez orada hal qilishga vaʼda beradi, Anqara esa ratifikatsiyani ikkala Skandinaviya davlati bajarishi kerak bo‘lgan bir qator shartlar bilan bog‘laydi.


