1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Finlyandiya ta’lim tizimi O‘zbekistonda natija beradimi?

Bu bo‘yicha Komil Allamjonov hisobot topshirdi.

Finlyandiya ta’lim tizimi O‘zbekistonda natija beradimi?

 

1-noyabr kuni xalq ta’limi muammolari tahlili va ularning yechimi bo‘yicha prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbirda O‘zbekistonda Finlyandiya ta’lim tizimi asosida darsliklarni takomillashtirish bo‘yicha administrasiya rahbari o‘rinbosari Komil Allamjonovning hisoboti tinglandi. 

 

Ma’lum qilinishicha, aniq va tabiiy fanlar darsliklari, o‘quv dasturlari yuzasidan finlyandiyalik mutaxassislar xulosalari olinmoqda va ularni chop etish bo‘yicha “Otava” hamda “Sanora” nashriyotlari bilan onlayn muhokamalar tashkil etilgan.

 

Milliy komponent fanlari bo‘yicha esa ona tili va adabiyot, tarix, huquq, tarbiya, tasviriy san’at, musiqa fanlari darsliklari mahalliy mualliflar ishtirokida yaratiladi.

 

Ayni paytgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha jami 14 ta maktab, 139 ta sinfda 1-4 sinflar uchun darsliklar tajriba-sinovdan o‘tkaziladi. Jarayonda 4146 nafar o‘quvchi ishtirok etadi, 6432 nafar o‘qituvchi ham qatnashish istagini bildirgan.

 

“Finlyandiya ta’lim tizimi Yevropada yetakchi. Biz ular bilan muntazam aloqadamiz, tajriba almashyapmiz, o‘rganyapmiz. Ulardan olingan tajriba bizda ham jiddiy ijobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lishiga ishonaman”, – dedi Komil Allamjonov.

 

Sardor Umrzoqov jarayonni tezlashtirish zarurligi, har bir yo‘qotilgan kun kechikishga sabab bo‘lishini ta’kidlagan.

 

“Finlandiya tajribasini o‘rganayotganimiz, darsliklaridan andoza olayotganimiz yana boshqacha talqin qilinmasin. Biz darsliklarimizda davlatchilik mafkuramiz, milliy madaniyatimiz, ma’naviyatimizni aks ettiramiz albatta va bu jarayonda mutaxassislarimiz bevosita ishtirok etadi. Faqat aniq fanlar bo‘yicha xorijiy tajribani joriy qilamiz. Albatta, bu katta mehnat, mablag‘ talab qiladi. Ammo davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek, yetuk va bilimdon avlod tarbiyalash yo‘lida barcha sa’y-harakatlarni amalga oshiramiz”, – degan prezident administratsiyasi rahbari.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика