Finlyandiya migratsiya xizmati 10 mingdan ortiq ukrainalikni qabul qilish uchun resurslar borligini aytdi.
“Korrespondent” nashrining yozishicha, mamlakatda yangi qochqinlarni joylashtirish markazlarini ochish bo‘yicha tender o‘tkazilgan.
Rossiyaning Ukraina elektr tarmoqlariga havodan hujumlar uyushtirayotgani sababli qishda mamlakatni tark etuvchilar soni ortishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chexiya qo‘shimcha ravishda ukrainaliklarni qabul qilishini e’lon qilgandi.


