1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Firibgarlar endi IIB rahbari nomidan foydalanishmoqda

Ichki ishlar vazirligi bu haqida ogohlantirish bilan chiqdi.

Firibgarlar endi IIB rahbari nomidan foydalanishmoqda

Maʼlum qilinishicha, firibgarlar tomonidan huquq-tartibot idoralari, xususan ichki ishlar organlari rahbarlari nomidan telegramda soxta akkaunt ochgan holda fuqarolarga turli murojaatlar yuborilmoqda.

 

Bunda firibgarlar Oʻzbekistondagi aloqa kompaniya raqamlaridan chiqqani koʻringani bilan, aslida ular xorijdan qoʻngʻiroq qilayotgan boʻladi. Turli maʼlumotlarni koʻrsatish orqali fuqarolardan yolgʻon sabablarni koʻrsatib bank plastik kartasi raqamlariga ega boʻlishmoqda va karta ichidagi pullarni yechib olishmoqda.

 

“Ogoh boʻling! Tizimdagi biror bir rahbar sizga telegram orqali murojaat qilmaydi hamda sizdan oʻz hisobingizdan pulni boshqa hisobga qoʻyishingizni, naqd koʻrinishida kimgadir taqdim etishingizni soʻramaydi”,  - deyiladi xabarda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика