1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

“Folbin sabab tanamga kirib olgan jin meni tinch qo'ymadi"

Dog‘istonlik mashhur folbinning o‘limi ochiqlandi.

“Folbin sabab  tanamga kirib olgan jin meni tinch qo'ymadi"

 

Joriy yilning 11-dekabr kuni politsiyaga Maxachqalʼaning Zagorodnaya ko‘chasida joylashgan uylardan birida 56 yoshli Shovkat Djalayevaning pichoqlangan jasadi topilgani haqida xabar kelib tushgan.

 

Politsiya xodimlari manzilga yetib borib, kerakli tergov harakatlarini amalga oshirgan. Jinoyat joyidan ashyoviy dalillar olingan. Voqeadan ikki kun o‘tib marhumaning qizi politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib begona odam onasining uyni yoqib yuborishga urinayotganini aytgan.

 

Olib borilgan tezkor tadbirlar davomida politsiya gumonlanuvchining shaxsini aniqlab, qo‘lga olgan.

 

Surishtiruv davomida erkak avvalroq folbin ayolga shaxsiy muammolari bilan murojaat qilganini aytgan. Ayol uni sehr-jodu qilgan. Biroq sehr-jodudan so‘ng uning tanasiga notanish jin kirib olib, uning hayotini ostin-ustun qilgan, qulog‘iga tinimsiz gapirgan, uxlashiga imkon bermagan.

Erkak folbinni oldiga qayta borib jinni tanasidan chiqarib yuborishni talab qilgan. Ayol esa uni uyidan haydab yuborgan. Shunda erkak folbindan o‘ch olishga qaror qilgan. Ayol uyda yolg‘iz qolganiga ishonch hosil qilgach, uyga kirib ayolning tanasiga 12 bora pichoq sanchgan.

 

Ikki kun o‘tib esa folbinning uyini yoqib yuborish maqsadida jinoyat joyiga qaytib kelgan. Uyda folbinning qizi bo‘lgan va u darxol politsiyachiga qo‘ng‘iroq qilgan.

 

Hozirda tergovharakatlari olib borilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика