1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

“Forbes” milliarderlari bazm o‘tkazadigan restoran sotildi

U Alisher Usmonovga tegishli bo‘lgan.

“Forbes” milliarderlari bazm o‘tkazadigan restoran sotildi

 

O‘zbekistonlik milliarder Alisher Usmonov “Safisa” VIP banket zalini sotib olganidan 7 oy o‘tib sotib yubordi.

 

Restoranning yangi egalari “PVS va IAM” asoschilari, biznesmenlar Vachagan Petrosov (70%) va Azik Ilishayev (30%) bo‘ldi, deyiladi “Spot.uz” bergan xabarda.

 

O‘z egalarini bir necha bor o‘zgartirgan “Safisa” restoranini Usmonov “Vi Holding” prezidenti Vitaliy Mashchitskiydan 2022-yil yanvarida sotib olgani aytilmoqda.

 

Mazkur banket zal 2005-yilda Cherkizovskiy bozorining sobiq egasi Telman Ismoilov tomonidan qurilgan.

 

“Safisa” 3000 dan ortiq tadbirlar o‘tkazilib, unda 100 dan ortiq yulduz sanʼatkorlar chiqish qilgan.

 

Billur qandillar, marmar pollar va zarhal zinapoyalarga ega ikki qavatli qasrda siyosiy bayramlar nishonlanadi va “Forbes”ro‘yxatidagi milliarder oilalarning bazmlari o‘tkaziladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика