1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Fors-major holatlarini tasdiqlash uchun davlat xizmatlari ko‘rsatiladi

Bu bo‘ycha Hukumat qarori qabul qilindi.

Fors-major holatlarini tasdiqlash uchun davlat xizmatlari ko‘rsatiladi

 

28-oktyabr kuni Hukumat qarori bilan Yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” telegram kanalida xabar qilindi.

 

Reglament bilan tashqi savdo bitimlari, xalqaro moliya yoki investisiya kelishuvlari va xalqaro shartnomalar shartlariga muvofiq O‘zbekistonda boshlangan yoki bo‘lib o‘tgan yengib bo‘lmaydigan kuchlar holatlarini tasdiqlash bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish tartibi belgilandi.

 

Unga ko‘ra, fors-major holatlari vakolatli shaxsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan hamda QR-kod bilan rasmiylashtiriladigan elektron shakldagi sertifikatni berish orqali tasdiqlanadi.

 

Talabgorga sertifikat berish yoki berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror vakolatlari organ tomonidan so‘rovnoma qabul qilingan kundan boshlab 13 ish kunida qabul qilinadi.

 

Sertifikat olish uchun talabgor quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

—shartnoma, qo‘shimcha kelishuv hamda ularning spetsifikatsiya nusxalarini;

—shartnoma bo‘yicha bajarilgan majburiyatlarning hajmlarini tasdiqlovchi hujjatlarni.

 

Talabgordan ushbulardan boshqa ma’lumot va hujjatlarni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.

 

Sertifikat berish uchun BHMning 90 foizi (270 ming so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi. Sertifikat muddatsiz davrga beriladi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика