Fransiya fuqarosi elektron chiptalar o‘ynaladigan kunni tanlashda xatoga yo‘l qo‘yib, lotereyadan 17 million yevro yutib oldi. Fransiya qimor o‘yinlarini tartibga soluvchi "Francaise des jeux" payshanba kuni eʼlon qilgan xabariga ko‘ra, bu yanvar oyida sodir bo‘lgan.
Taʼkidlanishicha, onlayn o‘ynagan ishtirokchi maqsadli ravishda «13 juma kuni o‘z omadini sinab ko‘rgan, biroq tasodifan sana tanlashda xatoga yo‘l qo‘ygan va 14 yanvar bilan yakunlangan».
Endilikda ismini oshkor qilishni istamagan 40 yoshli fransuz fuqarosi ishini tashlab, biznes boshlash, uy sotib olish va sayohat qilishni maqsad qilgan. Bundan tashqari, g‘olib «supermarketdan go‘sht sotib olishni to‘xtatib, uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qassobdan sotib olishni» rejalashtirmoqda.
2021 yil oktyabr oyida Fransuz Polineziyasida yashovchi ayol EuroMillions lotereyasida 220 million yevro yutib olgandi. Bu o‘yin tarixidagi eng katta jekpot.


