Italiya terma jamoasi Yevro-2024 dan keyin ilk bor mag'lubiyat alamini totib ko'rdi va Millatlar ligasidagi o'rnini yo'qotdi. Beshta o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriya buzildi. Fransiya Milanda g‘alaba qozondi. Luchano Spaletti va Dide Desham jamoalarida turnir motivatsiyasi unchalik katta emas edi, chunki ikkala jamoa ham muddatidan avval Millatlar ligasining chorak finaliga chiqishdi. Lekin, azaliy raqiblar ishtirokidagi bahslar doim qizg'in kechgan. Fransuzlar uchrashuvda 4-4-2 sxemasini tanlashdi. Biroq, “uch ranglilar” o'yin davomida bosim o‘tkazmay, pozitsion hujumlarni amalga oshirishdi. Mehmonlar uchrashuv davomida markazdagi barcha bo‘shliqlarni yopishdi va shu sabab mezbonlar oldinga o'tishga qiynalashdi. Bundan tashqari, Desham shogirdlari ikkinchi daqiqadayoq tezkor gol urishdi. Fransuzlar o'yinni hujumkor boshlashdi, burchak to'pidan so'ng "Yuventus"ning sobiq yarim himoyachisi Rabyo Italiya darvozasiga to'p kiritdi. Keyin Fransiya terma jamoasi to‘pga egalik qilish orqali tezlikni pasaytirishga harakat qildi. Italiyaliklarga sifatli hujumlar yetishmadi, jamoaning oldingi chiziq o'yinchilari bunday vaziyatlarda faollik ko'rsata olishmadi. Spaletti jamoasida qanotlarda ham tezlik yo'q edi. Yarim soatlik o‘yin oxirida Nkunku jarima zarbasini darvozadan 25 metr uzoqlikda amalga oshirdi. Digne esa bu safar ham darvozasi daxlsizligini saqlay olmadi. Nkunku goli Millatlar ligasida kunning bezagi bo'ldi. Fransiya birinchi bo'limda ajoyib o'yin ko'rsatdi: darvozaga ikkita zarba - ikkita gol. Ammo Italiya jamoasi darhol bitta to'p bilan javob berishga muvaffaq bo'ldi. Bir lahzalik konsenratsiyani yo'qotish Desham jamoasiga tanaffusgacha o'tkazib yuborilgan golga olib keldi. Italiya terma jamoasi Fransiyada bo‘lib o‘tgan birinchi davrada 3:1 hisobida zafar quchgandi. Shu bois Desham shogirdlari ko'proq gol urishi kerak edi. Tanaffusdan so‘ng fransuzlar shiddatliroq o'ynashni boshladi. Ular bir qator imkoniyatlar yaratishga muvaffaq bo'lishdi. Ammo jarima va burchak zarbalari haqiqatan ham Spaletti jamoasi uchun dahshatli tushga aylandi. Lusiano bu element ustida ko'proq ishlashi kerak, hech bo'lmaganda himoyada. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida italiyaliklar ozmi-ko‘pmi vaziyatni o‘z qo‘lida ushlab turganda, Fransiya terma jamoasi yana gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Rabyo dubl qayd etdi. Keyinroq Spalletti hujum guruhini butunlay o'zgartirdi: murabbiy oldinda Maldini - Raspadori - Kin triosi bilan harakat qildi. Shunga qaramay, italiyaliklarning hujumkor o‘yini yaxshi chiqmadi. So'nggi daqiqalar Italiya termasining uzluksiz pozitsion hujumiga aylandi. Ammo fransuzlar yaxshi himoyalanishdi: ular barcha to'plarni qaytarishdi, shu tariqa Desham jamoasini birinchi o'rinda saqlab qoldi.