1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Salomatlik

Fransiya kambag‘al mamlakatlarga 120 million dozaga yaqin vaksina yetkazib bermoqchi

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Parij kambag‘al mamlakatlar, shu jumladan, Afrikaga koronavirusga qarshi vaksinalar yetkazib berishni ikki baravar oshirishga tayyorligini aytdi.

Fransiya kambag‘al mamlakatlarga 120 million dozaga yaqin vaksina yetkazib bermoqchi

 

 Uning aytishicha, Fransiya 120 million dozaga yaqin vaksina yetkazib bermoqchi, bu avval rejalashtirilganidan ikki baravar ko‘p. Emmanuel Makron boshqa qit’alar, xususan, Afrikada emlanish  darajasi nisbatan pastligini adolatsizlik, deb atadi.
Makronning aytishicha, Afrika aholisining atigi 3 foizi COVID-19 ga qarshi emlangan.

Bundan avval Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rivojlangan mamlakatlarga koronavirusga qarshi vaksinalarning dunyo miqyosida notekis taqsimlangani uchun tanbeh bergan edi.

Eslatib o‘tamiz, JSST COVID - booster vaksinasi haqidagi fikrini o‘zgartirdi. Tashkilot endi uchinchi doza bilan emlashni rejalashtirayotgan davlatlarni ayblamaydi. Bunday emlash faqat zarurat tug‘ilgan odamlar uchun kerak. Ilgari JSST uchinchi dozani qo‘llashni noo‘rin, deb hisoblagandi. 

 

Nasiba To'xtayeva

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика