Kinofestivalga Vesul xalqaro Osiyo kinofestivali delegatsiyasi asoschilari Martin Teruan va Jan Mark Teruan, shuningdek, aktyor, ssenariynavis va rejissyor Farid Bentumi “Qizil yer” filmi bilan, taniqli kinorejissyor va fransuz aktyori Lui Garrel – “Bu yangi dunyo” komediyasi bilan tashrif buyuradi.
Filmlar namoyishi dasturi o‘ziga xos yorqin bo‘lishi kutilmoqda. Masalan, Farid Betumiy tomonidan suratga olingan “Qizil yer” dramasi “Qizil loy” davrida sodir bo‘lgan real voqealardan ilhomlangan holda suratga olingan. Hikoya otasining kimyo zavodida ishlaydigan Nur ismli yosh hamshira va zavod chiqindilaridan xavotirda bo‘lgan ekolog-jurnalist haqida. Hikoyaning ikkala qahramoni ham birgalikdagi saʼy-harakatlar bilan atrof-muhitni muhofaza qilish tarafdori bo‘lib, yaqinlari va fabrika ishchilarining salbiy tanqidlari qurboniga aylanishadi. Bu taʼsirchan hikoya bizni ona tabiatimizga zarar yetkazuvchi harakatlar haqida o‘ylashga undaydi.
“Bu yangi dunyo” insoniyatni qutqarish haqidagi yana bir film bu gal film qahramonlari yosh aktyorlar jamoasidan tashkil topgan. Ushbu oilaviy komediya fransuz kinorejissyori Lui Garrel tomonidan 2021-yilda suratga olingan. 13 yoshli Abbeyning oilasi oddiy va sokin hayot kechiradi. Toki uyda qimmatbaho buyumlar yo‘qolishi boshlanmagunicha. Ammo o‘g‘ri dunyoni global isishdan qutqarish uchun jamoaga qo‘shilgan o‘g‘li bo‘lib chiqadi. Festival mehmonlari unutilmas tuyg‘ularga sho‘ng‘ishadi.
Fransuz kinorejissyorlari Kristof Reylat, Sedrik Gras va Matyo Torder tomoshabinlarni Fedchenko muzliklariga sovuq sarguzashtga chorlaydi. Hujjatli film O‘rta Osiyoning chuchuk suv bilan taʼminlaydigan buyuk Fedchenko muzliklariga, yuzasi har yili qisqarib borayotgan sho‘r ko‘l bo‘lmish Orol dengiziga yetib borish uchun yo‘l olgan ikki fransuz sayohatchisi haqida hikoya qiladi.


