1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Fransiya Ukrainaga qiruvchi samolyotlar berish mumkin

Emmanuel Makron buning uchun hech qanday cheklov yo‘qligini aytgan.

Fransiya Ukrainaga qiruvchi samolyotlar berish mumkin

 

Fransiya prezidenti uning mamlakati Ukrainaga qiruvchi samolyotlar yetkazib berishini istisno etmadi. Emmanuel Makron bu qator shartlar bajarilgan taqdirda amalga oshirilishini aytgan.

 

Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryutte bilan uchrashuvdan so‘ng Fransiya yetakchisidan Ukrainaga samolyot berish ehtimoli haqida so‘rashgan. Bunga javoban u “amalda hech narsani istisno qilib bo‘lmaydi”, – deb javob bergan.

 

Shu bilan birga Makron qator shartlar bajarilishi shartligini maʼlum qilgan:

 

  • Qiruvchi samolyotlar yetkazib berish eskalatsiyaga olib kelmasligi kerak;
  • Ular orqali Rossiya hududiga zarba bermaslik lozim;
  • Harbiy samolyotlar berilishi fransuz armiyasini zaiflashtirmasligi zarur.

 

Bundan avval AQSH ham Kiyevga qiruvchi uchoqlar yetkazib berishni ko‘rib chiqayotgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi. Ammo bu keyinchalik Oq uy tomonidan inkor qilindi.

 

Maʼlumot o‘rnida: Fransiya G‘arb davlatlari ichida Ukrainaga tank yetkazib berishga rozi bo‘lgan birinchi davlat hisoblanadi. Yanvar boshida Parij Kiyevga AMX-10 RC yengil tanklarini berishni eʼlon qilgandi. Ular bahorda yetib kelishi kutilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика