2018-yilda 25 yillik qamoq jazosini o‘tayotib, vertolyotda qamoqxonadan qochgan fransuz mahbus Reduan Faid 14 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.
Qayd etilishicha, tayinlangan jazoni erkak ilgari sudlangan jazo bilan birlashtirish mumkin emas. Ma’lumotlarga ko‘ra, u 2046-yilda ozodlikka chiqishi kerak edi, biroq endi Faid endi faqat 2060 yilda, 88 yoshida ozodlikka chiqishi mumkin.


