1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Fransiyada shprisli hujumlar sodir bo‘ldi

Voqea millionlab odamlarni jalb qilgan festival vaqtida sodir bo‘lgan.

Fransiyada shprisli hujumlar sodir bo‘ldi

Fransiyada 21 iyun kuni bo‘lib o‘tgan anʼanaviy Fête de la Musique musiqiy festivali chog‘ida 145 nafar fuqaro nomaʼlum shaxslar tomonidan shprisli hujumga uchradi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

 

Hozirga qadar 12 kishi gumonlanib hibsga olingan. Parij politsiyasi poytaxtda kamida 13 ta shunday holat qayd etilganini tasdiqladi. Hujumlar davomida shprislar orqali narkotik moddalardan foydalanilgan-foydalanilmagani toksikologik tekshiruvlar orqali aniqlanmoqda.

 

Festival mamlakat bo‘ylab millionlab odamlarni jalb qilgan bo‘lib, ayniqsa Parijdagi to‘planish “misli ko‘rilmagan” deb baholangan. Politsiya va tergov organlari jamoat xavfsizligini taʼminlash maqsadida surishtiruv ishlarini davom ettirmoqda.

 

So‘nggi yillarda Fransiyada ommaviy tadbirlar chog‘ida shpris bilan hujumlar ko‘paygani kuzatilmoqda. Mutaxassislar bu holat jamoat sog‘lig‘i va xavfsizligi uchun jiddiy tahdid ekanini taʼkidlashmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика