Ukraina harbiylari frontda robot itlardan foydalanishni boshladi. Bu kabi robotlarni Buyuk Britaniyadagi yirik kompaniya yetkazib beradi. Bitta rabot it narxi 4,5 dan 9 ming dollargacha. Sunʼiy it o‘rmon va tog‘li hududlar bo‘ylab ham bemalol harakatlanadi. U operator tomonidan 3 km masofada boshqariladi, quvvati esa 5 soatgacha yetadi. Ular minalarni qidirish va aniqlash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, xotira maʼlumotlari uzoq muddatga saqlanmaydi.