Yaponiya bosh vaziri Kiyevga boradi. Bu haqda NHK telekanali xabar berdi.
Unga ko‘ra, tashrif bugun amalga oshiriladi. Safari davomida Fumio Kisida Vladimir Zelenskiy bilan uchrashadi. Bu bosh vazirning Hindiston safaridan keyin amalga oshirilishi aytilgan.
Kisida “Katta yettilik” yetakchilari orasida Kiyevga kelmagan yagona davlat rahbari bo‘lib kelayotgandi.
Yaponiya hozirda G7‘ga rahbarlik qilmoqda. May oyida tashkilotga aʼzo davlat yetakchilari Xirosimada yig‘iladi. Unga Vladimir Zelenskiy ham taklif etilishi mumkin.


