1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Fuqarolar saqlashi taqiqlangan yovvoyi hayvonlar ro‘yxati tasdiqlandi

Bu bo‘yicha Hukumat qarori qabul qilindi.

Fuqarolar saqlashi taqiqlangan yovvoyi hayvonlar ro‘yxati tasdiqlandi

“Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunning 43-moddaga muvofiq jismoniy shaxslar tomonidan yarim erkin sharoitlarda, sunʼiy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlar ro‘yxati hamda ushbu ro‘yxatga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni yuridik shaxslar tomonidan saqlash tartibi tasdiqlandi.

 

Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, 2025 yil 1 yanvardan boshlab quyidagilar taqiqlanadi.

 

• jismoniy shaxslar tomonidan Ro‘yxatga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni yarim erkin sharoitlarda, sunʼiy yaratilgan yashash joylarida yoki tutqunlikda saqlash;

 

• davlat va ko‘chma sirklarda (shapito) yovvoyi hayvonlarni saqlash va ulardan sirk tomoshalari uchun foydalanish.

 

Masalan, ro‘yxatga o‘rgimchak, ilon, akula, toshbaqalarning ayrim turlari, yo‘lbars, sher, tulki, bo‘ri, shimpanzening barcha turlari va kenja turlari kiritilgan.

 

Ro‘yxatga kiritilgan yovvoyi hayvonlar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining ruxsatnomalari asosida belgilangan tartibda yuridik shaxslar tomonidan tashkil etilgan hayvonot bog‘larida va (yoki) pitomniklarda saqlanishi mumkin.

 

Bunda O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi va zaharli hayvonlar maxsus pitomniklarda qonun hujjatlariga muvofiq saqlanadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика