1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Fuqaroni tekshirish uchun IIBga olib borish tartibi bekor qilinmoqda

Endi ma’lumotlar joyida tekshiriladi.

Fuqaroni tekshirish uchun IIBga olib borish tartibi bekor qilinmoqda

 

O‘zbekistonda fuqarolarni ichki ishlar organlariga olib borish tartibi bekor qilinishi mumkin. Bu haqda Yangi O‘zbekistonning 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida ma’lum qilingan.

 

Unga ko’ra, adolat va qonun ustuvorligini taʼminlash bo‘yicha belgilangan vazifalar doirasida 2022-yilda: 

 

–  ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga fuqarolik va maʼmuriy ishlar bo‘yicha davlat hisobidan bepul yuridik yordam ko‘rsatish tartibi joriy etiladi;

 

– harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslarni hisobga olish bo‘yicha yagona elektron reestr yuritilishi yo‘lga qo‘yiladi;

 

– "E-patrul” tizimi joriy etilib, tekshirish uchun fuqaroni ichki ishlar bo‘limiga olib borish o‘rniga barcha maʼlumotlarni joyida tekshirish tartibi yo‘lga qo‘yiladi;

 

– qarori, harakati (harakatsizligi) noqonuniy emasligini sudda isbotlash majburiyati, uni qabul qilgan mansabdor shaxsning o‘ziga yuklash tartibi – “aybdorlik prezumpsiyasi” va “sudning faol ishtiroki” tamoyillari joriy etiladi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика