1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Fuqaroning qo‘lini bog‘lab, uni kaltaklagan IIB xodimiga jinoiy ish ochildi

Mast holatda bo‘lgan jabrlanuvchini tinchlantirish maqsadida IIB xodimi qatʼiy harakat qilgan.

Fuqaroning qo‘lini bog‘lab, uni kaltaklagan IIB xodimiga jinoiy ish ochildi

Avvalroq, Surxondaryoda IIB xodimi shifoxonada fuqaroni kaltaklagani va xodimning harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotganligini maʼlum qilgan edik.

Taʼkidlanishicha, erkak mast holda bo‘lib, fuqarolarning tinchligini buzgani sabab shifoxonaga olib kelingan. Ammo, u Tibbiyot birlashmasida ham davolanayotgan bemorlarning tinchligini buzib, qonuniy talablarga bo‘ysunmasdan, qo‘pol so‘zlar bilan haqoratlashda davom etgan. So‘ngra mast fuqaroni tinchlantirish maqsadida IIB xodimi qatʼiy harakat qilgan.

Surxondaryo viloyati prokuraturasining xabariga ko‘ra, tergovga qadar tekshiruv harakatlari yakunlangan.

Unga ko‘ra, joriy yilning 19 may kuni JKning 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) 1-qismi, 140-moddasi (haqorat qilish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari Muzrabot tumani prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda. Tergov harakatlarining borishi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan,- deyiladi xabarda.Avvalroq, Surxondaryoda IIB xodimi shifoxonada fuqaroni kaltaklagani va xodimning harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotganligini maʼlum qilgan edik.

Taʼkidlanishicha, erkak mast holda bo‘lib, fuqarolarning tinchligini buzgani sabab shifoxonaga olib kelingan. Ammo, u Tibbiyot birlashmasida ham davolanayotgan bemorlarning tinchligini buzib, qonuniy talablarga bo‘ysunmasdan, qo‘pol so‘zlar bilan haqoratlashda davom etgan. So‘ngra mast fuqaroni tinchlantirish maqsadida IIB xodimi qatʼiy harakat qilgan.

Surxondaryo viloyati prokuraturasining xabariga ko‘ra, tergovga qadar tekshiruv harakatlari yakunlangan.

Unga ko‘ra, joriy yilning 19 may kuni JKning 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) 1-qismi, 140-moddasi (haqorat qilish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari Muzrabot tumani prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda. Tergov harakatlarining borishi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan,- deyiladi xabarda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика