1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Furqat Sidiqov o‘rindoshlik asosida O‘zbekistonning Kanadadagi elchisi etib tayinlandi

U joriy yilning aprelidan O‘zbekistonning AQSHdagi elchisi sifatida faoliyatini boshlagan edi.

Furqat Sidiqov o‘rindoshlik asosida O‘zbekistonning Kanadadagi elchisi etib tayinlandi

 

O‘zbekistonning AQSHdagi elchisi Furqat Sidiqov  o‘rindoshlik asosida mamlakatning Kanadadagi (qarorgohi Vashingtonda) elchisi etib tayinlandi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

 

Furqat Sidiqov 2023 yilning aprelidan O‘zbekistonning AQSHdagi elchisi sifatida faoliyatini boshlagan edi. Avgust oyida o‘rindoshlik asosida O‘zbekistonning Braziliyadagi elchisi etib tayinlangan edi.

 

Furqat Sidiqov 1971 yil 7 fevralda Toshkentda tug‘ilgan. 1993 yilda Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan. "UzDaewoo Electronics" QKda bosh mutaxassis (1993−1995), prezident huzuridagi Strategik va mintaqaviy tadqiqotlar institutida xodim, katta ilmiy xodim, yetakchi ilmiy xodim (1995−2002, 2007−2011) lavozimlarida ishlagan.

 

Shuningdek, O‘zbekistonning AQSHdagi elchixonasida attashe (2002−2007), ushbu elchixonaning birinchi kotibi (2011−2015), O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi (2015−2020) lavozimlarida ishlagan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика