1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Furqat Sidiqov O‘zbekistonning AQSHdagi elchisi sifatida ish boshladi

Bu haqda elchining o‘zi Twitter sahifasida maʼlum qildi.

Furqat Sidiqov O‘zbekistonning AQSHdagi elchisi sifatida ish boshladi

 

Joriy yil 3 mart kuni Oliy Majlis Senati tomonidan nomzodi maʼqullangan Furqat Sidiqov O‘zbekistonning AQSHdagi elchisi sifatida ish boshladi.

 

Bu haqda elchining o‘zi Twitter sahifasida maʼlum qildi.

 

«Bugun men elchi, protokol boshlig‘i Rufus Gifford bilan uchrashdim va ishonch yorliqlari nusxasini taqdim etdim. Biz mamlakatlarimiz o‘rtasidagi uzoq yillik mustahkam ikki tomonlama aloqalarni yana-da chuqurlashtirish yo‘llari yuzasidan samarali suhbatlashdik», — deb yozadi Furqat Sidiqov.

 

Eslatib o‘tamiz, Sidiqov 2022 yil noyabridan tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

 

O‘zbekistonning AQSHdagi diplomatik missiyasini esa Furqat Sidiqovdan oldin Javlon Vahobov boshqarib kelayotgan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика