1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Bayden Putin bilan uchrashuvda unga nimalar deyishini maʼlum qildi

AQSH prezidenti Jo Bayden Rossiya prezident Vladimir Putin bilan uchrashuvda Vashington unga inson huquqlarini buzishga yo‘l qo‘ymasligini bildirib qo‘yadi. Bu haqda Baydenning o‘zi maʼlum qildi, deb yozadi “RBK”.

Bayden Putin bilan uchrashuvda unga nimalar deyishini maʼlum qildi

«Bir necha haftadan keyin men prezident Putin bilan Jenevada uchrashaman. Putinga biz jim qarab turmasligimizni hamda inson huquqlari buzilishiga yo‘l qo‘ymasligimizni ochiq bildiraman,» — dedi Bayden.

Putin va Bayden 16 iyun kuni Jenevada uchrashadi. Kremlning taʼkidlashicha, tomonlar ikki tomonlama munosabatlarning holati va istiqbollari, strategik barqarorlik va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalarni, shu jumladan, «koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish va mintaqaviy mojarolarni hal qilishda o‘zaro hamkorlikni» muhokama qiladi.

Oq uy matbuot kotibi Jen Psakining taʼkidlashicha, Vashington Moskva bilan «oldindan aytib bo‘ladigan va barqaror» munosabatlarni tiklashga intilmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatlarning o‘zaro ziddiyatli sohalarda yuzma-yuz kelishi tufayli Amerika—Rossiya sammiti chog‘ida «suhbat og‘ir bo‘lishi» kutilmoqda. Muzokaralar mavzularidan biri Ukraina va Belarusdagi vaziyat bo‘ladi.

Ukraina tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Yevgeniy Yenin 28 may kuni maʼlum qilishicha, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Baydenning Putin bilan muzokaralari boshlanishidan oldin Amerika prezidenti bilan gaplashmoqchi.

Taʼkidlanishicha, Ukraina Tashqi ishlar vazirligi ayni paytda Bayden va Zelenskiy o‘rtasidagi suhbat uchun «kun tartibini diqqat bilan tayyorlamoqda».

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика