O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 14,01 so‘mga ko‘tarilib, 12 ming 089 so‘mni tashkil etmoqda. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1 AQSH dollarining rasmiy kursi 14,01 so‘mga ko‘tarilib, 12 ming 089 so‘mni tashkil etgan. 1 yevro kursi 13 ming 209,65 so‘mga baholanib, 0,39 so‘mga arzonlashgan.
Shuningdek, 1 rubl 124,90 so‘m etib belgilanib, 1,72 so‘mga ko‘tarildi.
Maʼlumot uchun, ushbu almashuv kurslari 17-avgust, payshanba kunidan kuchga kiradi.


