Noyabr oyida Hindiston raisligida G20 yetakchilarining virtual sammiti bo‘lib o‘tadi.
“Katta yigirmatalik yetakchilarining virtual sammiti 22 noyabrga rejalashtirilgan”, — deyiladi G20 tashkiliy qo‘mitasi xabarida.
Hindiston 2022 yil 1 dekabrdan boshlab G20 ga raislik qilmoqda. Sentyabr oyida Nyu-Dehlida guruh yetakchilarining sammiti bo‘lib o‘tdi, shundan so‘ng Hindiston bosh vaziri Narendra Modi G20 virtual sessiyasini o‘tkazishni taklif qildi. Onlayn o‘tadigan uchrashuvda Nyu-Dehlida ko‘tarilgan masalalarni ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.
G20 sammitida Narendra Modining stolida “Hindiston” emas, “Bharat” deb yozilgan taxtacha paydo bo‘ladi. Bu hind tilidagi mamlakatning qadimiy nomi.


