"Biz Gananing mamlakatimizni xalqaro institutlar doirasida doimiy qo‘llab-quvvatlab kelayotganini yuksak qadrlaymiz. Ikki tomonlama munosabatlarimizni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar mavjudligini va aloqalarimizga yangi dinamika baxsh etish zarurligini taʼkidladik. O‘zbekistonga xush kelibsiz", — dedi Saidov yangi elchi bilan uchrashuvda.
Gananing O‘zbekistondagi elchixonasiga yangi rahbar tayinlandi
O‘zbekiston TIV vaziri Baxtiyor Saidov Gananing O‘zbekistondagi yangi tayinlangan Elchisi Erik Ovusu Boateng bilan uchrashdi va uning ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.


