1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

G‘arq bo‘layotgan dunyo shaharlari

2050-yilga borib sayyoramizning 1 mlrd aholisi dunyo okeani sathi ko‘tarilishi oqibatida doimiy suv bosish xavfi ostida yashashi mumkin.

G‘arq bo‘layotgan dunyo shaharlari

 

Nature nashrining yozishicha, bir guruh olimlar o‘tkazgan tadqiqot Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyodagi ayrim shaharlarda dunyoning boshqa yerlaridagiga nisbatan sezilmasdan cho‘kish jarayoni ancha tez kechayotganini ko‘rsatdi.

 

Vyetnamning 9 mln kishi yashovchi Hoshimin (kino va adabiyotlarda Saygon nomi ostida mashhur) shahri dunyoning qirg‘oq bo‘yida joylashgan 48 ta yirik shahri orasida eng tez cho‘kmoqda.

 

Bu ro‘yxatda Bangladeshning Chittagong port-shahri ikkinchi o‘rinni band etdi.

 

Suv bosish xavfi yuqori yirik shaharlar beshligida keyingi o‘rinlarda: Ahmadobod (Hindiston), Jakarta (Indoneziya poytaxti, bu mamlakat poytaxtni ko‘chirish taraddudida) va Yangon (Myanma poytaxti).

 

BMTning Iqlim o‘zgarishlari bo‘yicha hukumatlararo ekspertlar guruhi bayonoti 2050-yilga borib sayyoramizning 1 milliard aholisi dunyo okeani sathi ko‘tarilishi oqibatida doimiy suv bosishi xavfi ostida yashashini ko‘rsatdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика