“Garri Potter va falsafa toshi" kitobining 1997-yildagi birinchi nashri Angliyada kim oshdi savdosida sotuvga qo'yildi. Xaridor kitob uchun 13,5 ming dollar to’lagan.
Kimoshdi savdosiga qo‘yilgan nusxani bir necha yil avval havaskor kolleksiyachi sotib olgan va ingliz kutubxonalaridan birida saqlagan. Mutaxassislar ushbu nusxa nashriyotning 1997-yilda chiqarilgan birinchi partiyasida chop etilgan 500 ta kitobga tegishli ekanligini tasdiqladilar.
Auksionda kitob dastlabki bahodan ikki baravar qimmatroqqa sotildi.


