Gaz plitalari astma va boshqa kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin. AQSH va Niderlandiya olimlari tadqiqotlar natijasida shunday xulosaga keldi.
Xususan, turarjoylardagi plitalar astmaga chalinish xavfini 42 foizga oshiradi. Shuningdek, ular havo ifloslanishiga ham olib kelishi mumkin. Ular o‘zidan metan chiqaradi.
Gaz plitalarining iqlimga taʼsiri yarim million avtomobildan chiqayotgan is gaziga tengligi qayd etilgan.


