1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Gaz shantaji Rossiyaga sanksiyalardan qochish imkonini bermaydi — Bayden

AQSH Yevropani boshqa davlatlar orqali gaz bilan taʼminlamoqchi.

Gaz shantaji Rossiyaga sanksiyalardan qochish imkonini bermaydi — Bayden

 

Qo‘shma Shtatlar Rossiyaning neft va gazdan foydalanish orqali agressiya oqibatlaridan qochishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bu haqda prezident Jo Bayden Twitterʼdagi sahifasida maʼlum qildi

 

"Kecha Rossiya ikki ittifoqdoshimizga energiya taʼminotini to‘xtatib qo‘yish bilan tahdid qildi. Men aniq aytaman: biz Rossiyani qo‘rqitish yoki shantaj yo‘li bilan sanksiyalardan qochishiga yo‘l qo‘ymaymiz.

Yevropa ittifoqiga ularning energiyaga bo‘lgan ehtiyojini boshqa yo‘llar bilan qondirishga yordam berish borasidagi saʼy-harakatlarimizni qo‘llab-quvvatlayotgan boshqa davlatlar bilan ishlaymiz.

Janubiy Koreya, Yaponiya va Qatar kabi davlatlar, shular jumlasidandir”, — deb yozadi Bayden.

 

U sodir bo‘layotgan voqealar fonida Yevropa va dunyo toza energiyaga o‘tishi kerakligini yana bir bor taʼkidlab, AQSH buni hozirdanoq qilayotganini qo‘shimcha qildi.

 

Eslatib o‘tamiz, "Gazprom" Polsha va Bolgariyaga gaz yetkazib berishni to‘xtatganini eʼlon qildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика